“Telegram” jamoasi messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi. Android va iOS uchun ilova 10.12 versiyasiga yangilandi.

Tavsiya etilgan kanallar

Qidiruv interfeysi kuzatadigan kanallarni ko‘rsatadigan yangi “Kanallar” sahifasiga ega bo‘ldi. Sahifada yangi kontent ijodkorlarini topish mumkin bo‘lgan o‘xshash mavzular bilan tavsiya etilgan kanallar ro‘yxati ham mavjud.

Kanaldan postlarni ko‘rganda ro‘yxatda keyingi o‘qilmagan kanalga o‘tish uchun yuqoriga tortish mumkin. Barcha kanallarni ko‘rib chiqqandan keyin tavsiya etilgan kanallarni kezish uchun varaqlashda davom etishingiz mumkin.

Kanal tavsiyalari faqat siz obuna bo‘lgan kanallar umumiy mavzusiga asoslanadi. Shuning uchun muayyan sabzavot yoki mevalar turlarining har qanday ustunligi butunlay sizga bog‘liq.

Profilim

Sozlamalarda endi profilni boshqalarga ko‘ringanidek ko‘rish va har qanday axborotni tezda tahrirlash yoki o‘zgartirish imkonini beradigan “Profilim” bo‘limiga ega.

Endi yutuqlarni namoyish qilish yoki siz liftda uchratgan kostyum kiygan mushukni o‘tkazib yubormasliklarini ta’minlash uchun profil yuqorisiga 3 tagacha hikoyani qadash mumkin.

Joylagan hikoyalar maxfiylik sozlamalarini ko‘rsatadigan kichik belgilar ham qo‘shdik. Bu bilan ularga o‘zgarishlar kiritish kerak bo‘lsa, tezda ko‘rish mumkin.

Profildagi kanallar

Foydalanuvchi agar biror kanal egasi bo‘lsa, endi uni profilga qo‘shishi mumkin. Bu holatda tarjimayi hol yuqorisida kanaldan oxirgi xabarga razm solish oynasi aks etadi.

Shunda profilga kiruvchilar bitta bosish bilan shaxsiy loyiha, onlayn portfolio yoki kompaniya blogiga o‘tishi mumkin.

telegram, yangilanish

Joylashuvni muddatsiz ulashish

Do‘stlar bilan uchrashganda yoki sayohatga chiqqanda jonli joylashuvni alohida foydalanuvchilar yoki butun guruh chatlariga ulashish mumkin.

Bu boshqalarga sayohatni kuzatish yoki hatto yetib kelganda bildirishnoma yuborish imkonini beradi.

Endi mavjud ulashilgan joylashuvga ko‘proq vaqt qo‘shish mumkin. Agar foydalanuvchi do‘stlari va oiladagilari harakatlarni uzoq muddat kuzatishini xohlasa, joylashuvni muddatsiz uni faolsizlantirguniga qadar ulashish uchun yangi imkoniyat qo‘shildi.

Joylashuvingizni ulashishni boshlash uchun shaxsiy chat yoki guruhda biriktirmalar menyusini oching va Joylashuv > Jonli joylashuvimni ulashish bandini tanlash kerak.

Reaksiya bildirishnomasi sozlamalari

Xabarlarga reaksiyalar uchun bildirishnomalarni boshqarish imkonini beradigan yangi sozlamalar qo‘shildi. Bu yangilanish hikoyalarga reaksiyalar haqidagi bildirishnomalarni ham taqdim etadi.

Yangi sozlamalarga Sozlamalar > Bildirishnomalar va tovushlar > Reaksiyalar rukni orqali kirish mumkin.

Uzatilgan xabarlarda profil rasmlari

Uzatilgan xabarlar endi ularning muallifi profil rasmini ko‘rsatadi. Bu o‘zgarish yordamida ushbu xabar kimdan uzatilganini tushunish osonlashadi va bir nechta muallifli uzatilgan suhbatlarni o‘qishni qulaylashadi.

Agar xabar uzatilganda u orqali hisobga o‘tishi mumkin bo‘lganlar doirasini cheklasa, profil rasmi uzatilgan xabarlarda ko‘rinmaydi.

telegram, yangilanish

So‘rovnomalarda animatsiyali emoji

“Premium” foydalanuvchilar endi so‘rovnomalarda animatsiyali va maxsus emoji qo‘shishi mumkin. Nihoyat, ovoz berish orqali animatsiyali o‘rdaklar yoki statik mushuklardan qaysi biri yaxshiroqligini hal qilish mumkin.

Guruhlar uchun yalpi moderatsiya

Guruh adminlari samaradorlikni oshirish uchun endi bir nechta xabarni tanlashi hamda har bir foydalanuvchi uchun alohida sozlama va amalga ega yangi menyuda bir vaqtda bir nechta moderatsiya amalini bajarishi mumkin.

Yangi menyu guruhda to‘liq bloklash o‘rniga foydalanuvchilar huquqlarini cheklash imkonini beradi.

200+ a’zoli guruhlar adminlari chatlarida muammoli foydalanuvchini avtomatik aniqlash va cheklash uchun spamga qarshi kuchaytirilgan himoyani yoqishi ham mumkin.

Kanallar uchun reaksiyalar boshqaruvi

Kanal adminlari endi reaksiyalarini boshqarishning qo‘shimcha usuli — ixchamroq ko‘rinishi uchun har bir postga bildirilishi mumkin bo‘lgan maksimal reaksiyalar sonini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bu kanalda nafaqat vizual shovqinning oldini olish, balki mavjud reaksiyalar sonini tez-tez o‘zgartirish (masalan, bayramga mavzuga oid emojilarni qo‘shish) imkonini beradi.

Hikoyalarni anonim ochish (Premium)

Hikoyalarni ko‘rayotganda “Premium” foydalanuvchilar oxirgi ko‘rishlarini berkitish va berkitishda davom etish uchun ko‘rinmaslik rejimini yoqishi mumkin.

Endi ko‘rinmaslik rejimini chatlar ro‘yxatidan ham faollashtirish mumkin va shunchaki tasmada hikoyani bosib turish va Anonim ko‘rish bandini tanlash kerak.

telegram, yangilanish

Bunda hikoya sizni hatto bir soniya ham ko‘rganlar ro‘yxatiga qo‘shmasdan ochiladi va ko‘rinmaslik rejimi ham yoqiladi.