“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasini yanada takomillashtirish hamda fuqarolar bilan maslahatlashgan holda ishlab chiqish maqsadida jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi.

2019 yil Davlat dasturi loyihasi 253 ta banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 28 dekabr kuni Oliy Majlisga tadqim etgan murojaatnomasida belgilab berilgan asosiy g‘oya va takliflari hamda 2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi.

Loyihaga ko’ra, transport sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish:

  • transport, jumladan havo, temir yo‘l, avtomobil transporti va metropoliten sohasini davlat tomonidan boshqarish bo‘yicha yagona davlat tarif siyosatini amalga oshiruvchi davlat organini tashkil etish;
  • transport sohasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKdan davlat-hokimiyat vakolatlarini transport sohasidagi yangi davlat boshqaruv organiga berish;
  • temir yo‘l vokzallari, vagon-restoranlar, mehmonxonalar, shuningdek konteyner terminallari xizmatlarini autsorsingga o‘tkazish, ularni bosqichma-bosqich xorijiy va mahalliy investorlarga sotish;
  • transport sohasida davlat-xususiy sheriklikni joriy etish nazarda tutilmoqda.