2019 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga kengroq tatbiq etish boshlandi.

Shu jumladan, Farg’onada avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchalarida kuzatilayotgan narx oshishiga mutasaddilar tomonidan munosabat bildirildi:

“Farg‘onada gaz “zapravka"laridagi bosim bilan birgalikda narxlar ham 300−400 so‘mga oshirildi degan xabarlarni oldik. Bunga yonilg‘iga nisbatan aksiz solig‘i joriy etilganligini sabab qilib ko‘rsatishayotgan ekan. 2019 yil 1 yanvardan benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning o‘rniga aksiz solig‘i joriy qilinishi hisobiga soliq miqdori atigi 55 so‘mga oshgan, — deydi Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nazirjon Polvonov.

Nazirjon polvonov so’zlariga ko’ra, viloyatdagi gaz quyish shahobchalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularga gaz narxini asossiz oshirganliklarini batafsil tushuntirilishi natijasida metan gaz narxlari 1 950 so‘mgacha tushirilmoqda.