Xodimlar ish haqi miqdorini oshirish tavsiya etildi, deb Qo’mitaning Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.

“Prezidentning 2018 yil 26 dekabrdagi qarorining 7 bandiga muvofiq 2019 yildan ish beruvchi tashkilotlarga soliq yukining, shu jumladan yagona ijtimoiy to‘lovning kamaytirilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobidan xodimlar ish haqi miqdorini oshirish tavsiya etildi”, deyiladi xabarda.

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturiga muvofiq, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bankga 2019 yil 1 martga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi dastur loyihasini ishlab chiqish yuklatilgan:

  • soliq va boshqa to‘lovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bog‘liq bo‘lishiga barham berish;
  • xodimlarning ish haqi miqdorini yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif koeffitsiyentini oshirish hisobiga ko‘paytirish.