Xostellarni Mehmon uylari va xostellar reyestriga o‘rnatilgan tartibda kiritish talabini belgilagan holda xostellarning mehmonxona xizmatini majburiy sertifikatsiyalash talabi bekor qilinadi. Bu haqda prezident qarorida keltirilgan.

Qarorga muvofiq, hududida turizm infratuzilmasi obyektlari, shu jumladan joylashtirish vositalari joylashgan yoki barpo etiladigan moddiy madaniy meros obyektlari 30 yilga, biroq 10 yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga beriladi.

Bunda ijarachilar besh yillik ijara haqiga teng miqdorni o‘zlari joylashgan moddiy madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilishga yo‘naltirish hamda moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash qoidalariga rioya qilish sharti bilan dastlabki 5 yil uchun ijara haqi to‘lashdan ozod etiladi.