Vazirlar mahkamasining “Toshkent shahrini infratuzilmaviy rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori e’lon qilindi.

Qarorda xorijiy investitsiyalar ishtirokida Toshkent shahrida amalga oshiriladigan 57 ta loyiha keltirilgan.

Ulardan biri Yunusobod tumanida barpo etiladigan chiqindilarni kuydiruvchi zavod va chiqindilarni qayta ishlash natijasida elektr va issiqlik quvvati ishlab chiqaruvchi Tashkilot bo’lib, loyihani “Hafner energy from Waste Ltd” kompaniyasi amalga oshiradi.

Loyiha umumiy qiymati 2,3 trillion so’m, shundan 280,0 million $ xorijiy investitsiyalar hisoblanadi.