Prezidentning O’zbekistonda turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 fevraldan boshlab fuqarolari elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati kengaytiriladi.

2019 yil 15 martdan boshlab 30 kunlik amal qilish muddati bo‘lgan elektron kirish vizasining quyidagi turlarini berish tizimi joriy etiladi:

  • ikki martalik, konsullik yig‘imi 35 $ miqdorida;
  • ko‘p martalik, konsullik yig‘imi 50 $ miqdorida.

Shuningdek, 2019 yil 1 fevraldan boshlab 45 ta mamlakatning fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanadi.