2013 yilda Xiaomi arzon smartfonlar liniyasi Redmi’ni ishlab chiqardi. Endi u mustaqil markaga aylandi va orqa tomonida “Mi” logosi bo’lmagan birinchi smartfon Redmi Note 7 ni taqdim etdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.

Smartfon xususiyatlari

Redmi Note 7 tomonlarning nisbati 19.5:9 bo‘lgan 6.39-dyuymli Full HD+ va tomchisimon kesikli displey, 2340×1080 piksel o‘lchamga ega bo‘ldi. Korpus ikki tomonlama 0.8 mm. qalinlikdagi Gorilla Glass 5 shishasi bilan himoyalangan.

Qurilmaning yuragi sakkiz yadroli Snapdragon 660 protsessori bo‘ldi. Qurilma 6 gigabayt operativ va 32 yoki 64 gigabaytni tashkil etuvchi ichki xotira hajmiga ega. Ikkinchi SIM-karta o’rniga 256 Gb hajmgacha bo’lgan MicroSD xotira kartalarini qo’yish mumkin.

Smartfon 4000 mAh batareyaga ega. USB-toifa-C porti, quloqchin uchun joy mavjud.

Kameralar

Orqa tarafidagi qo‘shkamera asosiy f/1.8 optikali 48 megapiksel modul (piksel o‘lchami 1.6 mkm) va 5 megapikselli ikkinchi kameradan iborat. Kech tushganda smartfon bir nechta kadrlarni birlashtiradi. Old kamera esa — 13 megapiksel.

Smartfon uch rangda mavjud: qizil, ko’k va qora.

Xitoy bozorida Redmi Note 7 narxi 3/32 Gb uchun 147 $dan boshlanadi. 4/64 Gb versiyasining narxi 177 $ va eng yuqori 6/64 GB versiyasi 206$ ga baholandi. Smartfon 2019 yil 15 yanvar kuni Xitoyda sotuvga chiqariladi.