Rossiyaning “Татнефть” kompaniyasi O’zbekistondagi “Татнефть-АЗС-Ташкент” mas’uliyati cheklangan jamiyatini tashkil qildi, deya xabar beradi “Ъ”.

"Rossiya neft kompaniyasi 2018 yil 26 dekabrda Nurafshondagi xom-ashyo yetkazib beruvchi filialini ro’yxatdan o’tkazdi. Hozirda uning biznes-rejasi ishlab chiqilmoqda", deyiladi xabarda.

Bugungi kunga qadar kompaniya O’zbekistonda yoqilg’i quyish shahobchalariga ega emas edi. 2018 yil 1 oktyabr holatiga ko’ra uning chakana tarmog’i 691 ta yoqilg’i quyish shaxobchalaridan iborat bo’lib, ulardan 582 tasi Rossiyada, 18 tasi Belorussiyada, 91 tasi Ukrainada joylashgan.

2018 yilning noyabrida “Татнефть” rahbari Nail Maganov O’zbekiston Bosh vazirining o’rinbosari Alisher Sultonov va “O'zbekneftegaz” davlat korxonasi vakillari bilan uchrashdi.

“Татнефть” — Rossiya neft kompaniyasi bo’lib, 1950 yilda tashkil topgan. Rossiyada neft qazib olish bo’yicha beshinchi o’rinda turadi.