Qizlar uchun xalqaro texnologik tanlovga qabul boshlandi. Tanlov O’zbekistonda 3-bor o’tkazilmoqda.

Technovation tanlovi 2010-yildan buyon dunyoning 100+ mamlakatida, 2016-yildan buyon esa O’zbekistonda o’tkazilmoqda. Har yili Technovation butun dunyo bo’ylab qizlar jamoalari uchun ta’lim tanlovini tashkil qiladi.

Dastur ishtirokchilar uchun to’liq bepul bo’lib, u Google, Yahoo, Adobe, Intel, Oracle, Dropbox, UN va UN Women kompaniyalarining ko’magida amalga oshirilmoqda.

Loyihani amalga oshirishdan maqsad — Qizlar o’z hamjamiyatlaridagi muammolarni payqash va ularni texnologiyalar yordamida hal etishni o’rganadilar (mobil ilova yaratishadi, loyihaning biznes-rejasini yozishadi, loyiha haqida video tasvirga olishadi va uni tanlov finalida taqdim qilishadi).

O’zbekistondan eng yaxshi jamoa qimmatbaho sovrinlarga ega bo’ladi va San-Fransiskoga safarni yutib olish imkoniyatini qo’lga kiritadi.

Dastur faqat ingliz tilida bo’lib, dasturlashni bilishni talab etmaydi. Havola orqali 30 yanvarga qadar ro’yxatdan o’tish mumkin.

Batafsil ma’lumot — technovation.uz saytida.