Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018 yilning 4-choragida byudjet tashkilotlarida jami 1 969 ta davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o’tkazildi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O’tkazilgan nazorat tadbirlaridan 1 717 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag’lar 29 mlrd.so'mni, shundan kamomad va o’zlashtirishlar 6 mlrd.so'mni, noqonuniy xarajatlar 23 mlrd.so'mni tashkil etgan.

Aniqlangan 18,5 mlrd.so'm miqdoridagi noto’g’ri sarflangan mablag’larni belgilangan tartibda tiklanishi ta’minlandi hamda 871 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Shuningdek, hisobot davrida byudjet intizomini buzgan byudjet tashkilotlarining 91 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 59,8 mln.so'm miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortildi.