2018 yil yalpi ichki mahsulot hajmi 407,5 trln. so`mni tashkil etdi va 2017 yil bilan taqqoslaganda 5,1% ga o`sdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Aholi jon boshiga hisoblangan YIM 12,3 mln. so`mni tashkil etdi va bu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3% ga o’sdi.
2018 yil yakunlari bo’yicha, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoati qo’shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush metallurgiya va metalni qayta ishlash sanoatiga (mashina va uskunalardan tashqari) to’g’ri keldi va 24,5% ni tashkil etdi.
Oziq ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi 17,0%, to’qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish — 16,1%, rezina, plastmassa buyumlar va boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish — 11,3%, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish — 9,2%, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim pritseplar hamda boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish — 7,4%, elektr uskunalar ishlab chiqarish — 3,5% va Ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatining boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarish — 11,0% ni tashkil qildi.