2018 yilning yanvar-dekabr holatiga aholi umumiy daromadlari 286,3 trln. so’mni, bir kishiga o’rtacha hisoblaganda 8,7 mln. so`mni tashkil etdi. Bu haqda davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Aholi jon boshiga o`rtacha umumiy daromadlari bo`yicha Toshkent shahrida (16,2 mln so’m) hamda Navoiy (13,5 mln so’m), Buxoro (10,8 mln so’m), Xorazm (9,1 mln so’m) va Toshkent (9 mln so’m) viloyatlarida o`rtacha respublika darajasidan yuqori ko’rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi.

Aholi jon boshiga daromadlarning eng quyi ko’rsatkichlari esa Qoraqalpog’iston Respublikasi (6,3 mln so’m) va Namangan viloyatida (6,8 mln so’m) qayd etildi.

Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o’sishi Surxondaryo va Xorazm viloyatlariga (11,3%) to`g`ri keladi.

Shuningdek, Jizzax (11,1%), Buxoro (9,9%) viloyatlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi (9,5%) hamda Farg’ona (9,2%), Navoiy (8,8%) va Samarqand (8,5%) viloyatlarida aholi jon boshiga umumiy daromad ko’rsatkichlarining real o’sishi respublika darajasidan yuqorini tashkil etgan.

Aholi umumiy daromadlari hajmining sezilarli darajada o’sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 71,1% ulushga ega bo’lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo’lishdan olingan daromadlar) va 23,5% ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o`zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.