Tashqi savdo vaziri sifatida ishlab kelgan Jamshid Xo‘jayev endi Qishloq xo‘jaligi vaziri sifatida faoliyat olib boradi.

Jamshid Xo‘jayev 1979 yilda tavallud topgan. 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. O‘zbekiston birinchi prezidenti tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan “Umid” jamg‘armasi stipendianti.

2003 yilda Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti xalqaro iqtisodiy aloqalar va davlat boshqaruvi yo‘nalishi magistranti. O‘z mehnat faoliyati davomida Markaziy bank, Milliy bank, Hisob palatasida ishlagan.

2017 yil oxirida tashqi savdo vaziri etib tayinlandi. Ilgari Spot xabar berganidek, Tashqi savdo vazirining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish masalalari bo’yicha maslahatchisi bo’lib xalqaro savdo huquqi sohasidagi ekspert Yovan Yekich faoliyat olib borgan.