Xorazm viloyati hokimi boshchiligidagi investitsiya masalalariga tegishli viloyatdagi mutasaddilar va tadbirkorlardan iborat delegatsiya a’zolari Malayziyadagi ishbilarmonlar doira vakillari bilan savdo iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashrif buyurishdi.

Malayziyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlik mavzusida munozaralar bo‘lib utdi. Natijalarga ko‘ra bir qator kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi Viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, baliqchilikni rivojlantirish zamonaviy tibbiyot vositalari ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Malayziya texnologiya universitetida o‘tkazilgan uchrashuvda Xorazm viloyatida mazkur oliygoxning filialini ochish bo‘yicha muzokoralar olib borildi va kelishuv bayonnomalari imzolandi.