28 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida hindistonlik ekspert J.Partasarati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. U Toshkent shahrida Texnopark yaratish boʻyicha maslahatchi sifatida hamda uning boshqaruvida konsultativ yordam koʻrsatish maqsadida Oʻzbekistonga jalb qilingan, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Hindistonda maʼlumotlarni boshqarish markazlari, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha inkubatsiya markazlari singari yirik davlat loyihalari uning rahbarligida amalga oshirilgan.

Partasarati uzoq vaqt Bangalor (Hindiston)dagi Texnoparkni ham boshqargan. Hozirgi paytda, Hindistonda AT-parklari (STPI) boʻyicha maslahatchi hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, Hindistonlik ekspert oʻz oldida turgan asosiy vazifa sifatida Oʻzbekistondagi Texnoparkka axborot texnologiyalari parklarini yaratish va faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hindistonda ishlab chiqilgan ilgʻor, koʻp yillik tajribani joriy etadi.