Jizzax viloyatining eng chekka hududlardan biri Yangiobod tumanida “Baland Chaqir tekstil” MCHJ foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xabarga ko’ra 70 milliard so‘mlik ushbu loyihada 150 ta ishchi o‘rini yaratilib, ishchi xodimlarning 80%ini yoshlar tashkil etadi. Yiliga 5 ming tonna kalava ip ishlab chiqariladigan korxona mahsulotlari chet elga eksport qilinadi.

Ta’kidlanishicha, Xorijiy texnologiya bilan jihozlangan korxonada ishchi-xodimlar germaniyalik mutaxassislardan uch oy davomida ish o‘rgandi.

Viloyatda 2017−2019 yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati tarmog‘ida 12 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilishi belgilangan.