Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi va “First Developing Group"ning bosh hamkori ko’magida shahar jamoat transporti bekatlari konsepsiyasini yaratish bo’yicha tanlov e’lon qildi.

Tanlov g’olibi 5 000 000 so’mga ega bo’ladi.

Bir necha turdagi bekatlar uchun yagona namuna va standartni joriy etish rejalashtirilgan:

  1. Transport va yo’lovchilar oqimi katta bo’lgan bekatlar (10 dan ortiq jamoat transporti marshrutlari).
  2. Shaharning tarixiy qismida joylashgan bekatlar.
  3. Ko’p qavatli binolar joylashgan turar joylar atrofidagi bekatlar.
  4. Yakka tartibdagi uylar joylashgan maydonlardagi bekatlar.

Tanlov talablari va shartlari bilan havola orqali tanishish mumkin.

Arizalar 2019 yil 15 fevralgacha qabul qilinadi. Arizalarni ostanovka.transport@gmail.com elektron manziliga yuborish yoki ularni bevosita Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamentiga (Toshkent, Islom Karimov ko`chasi, 51) taqdim etish kerak.