“O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasida “Ajlan & Bros” korporatsiyasi bosh direktori Nikolas Gilani boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, deb xabar beradi uyushma matbuot xizmati.

Xabarga ko’ra, Korporatsiya O’zbekistonda tayyor to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bo’yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuvda O’zbekistonda biznesni joriy etish istiqbollari, jumladan, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imtiyozlar muhokama qilindi.

Loyihani joriy etish masalalarini muhokama qilish uchun Jizzax, Andijon va Navoiy viloyatlarining hokimliklarida uchrashuvlar rejalashtiriladi.

“Ajlan & Bros” — tayyor to’qimachilik kiyimlari ishlab chiqarish sohasida etakchi xalqaro korparatsiya bo’lib, Saudiya Arabistonida 1979-yilda tashkil etilgan. Umumiy qiymati 2,2 milliard dollar bo’lgan korporatsiya 10 dan ortiq global brend (Ferrari, Maserati, Aston Martin, Puma, Nike, Adidas, Reebok va boshqalar)lar bilan hamkorlik qiladi. Korporatsiyada 9 mingdan ortiq kishi mehnat qiladi.