Iqtisodchi Yuliy Yusupov Iqtisodiy rivojlanishga ko’maklashish markazi saytida Soliq islohoti xavf ostida ekanligini qayd etdi.

Iqtisodchining fikriga ko’ra, bankomatda naqd pul olish uchun to’lov 5% dan 10% gacha oshgani yana naqd va naqdlashtirilmagan pul narxi o’rtasidagi tafovutga olib bormoqda. Bu yashirin oborot o’sishining yaqqol belgisidir.

“Bir necha kishidan soliq organi xodimlari tadbirkorlar bilan soliqlarni yashirish haqida kelishib olmoqchi bo’layotganlarini eshitmoqdaman. Yana korrupsion sxemalarga qaytyapmizmi?”, — deydi Yuliy Yusupov.

Uning fikricha, QQS to’lashda va narxlar bilan yuzaga kelgan chigallik, tadbirkorlarning “soyaga” qochib ketish istagi ortib borayotgani va soliq organlari bunda pul ishlamoqchi bo’layotgani — bularning barchasi, mening nazarimda, soliq islohotini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatsizlik natijasidir:

  • QQSni 20% dan 12% gacha kamaytirishdan bosh tortish — bu ziddiyatga olib kelishi mumkin bo’lgan asosiy xatodir. 12%li QQS da kichik korxonalarning ko’pchiligi og’riqsiz ravishda umumiy rejimga o’tishi mumkin edi. 20% QQS bilan umumiy rejimga o’tishdan ko’pchilik yutqazadi. Shu yerdan soliq islohotlarini rad etish va soliqlardan qochish istagi paydo bo’ladi;
  • qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari uchun QQSni hisobga olish masalasi hal qilinmagan. Natijada to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati va umumovqatlanish korxonalari uchun soliq yuki sezilarli darajada oshmoqda;
  • soliq imtiyozlari optimallashtirilmadi, bu narxlashda katta nomutanosibliklarga va byudjetga katta zarar olib keladi (va soliq islohoti “aybdor” bo’ladi);
  • QQS va daromad solig’ini hisoblash va to’lashni soddalashtirish uchun hech narsa qilinmadi;
  • soliq islohotlari konsepsiyasida QQS ning farqli stavkalari va “soddalashtirilgan QQS” joriy etildi.

Shuningdek, Yuliy Yusupov Soliq tizimining eng muhim parametrlari dekabr oyining so’nggi kunlarida e’lon qilinishi oqibatida biznes bu qarorlarga moslashishga vaqt topa olmasligiga olib kelganini qayd etdi.