12 yil ichida birinchi marta Coca-Cola yangi ta’mli ichimlikni taqdim etdi — Orange Vanilla Coke. U 25 fevraldan boshlab ikki variantda taqdim etiladi: shakarli va shakarsiz. Bu haqda “Coca-Cola Journey” xabar berdi.

Coca-Cola markasi direktori Keyt Karpenterning so’zlariga ko’ra, so’nggi yillarda gilos va vanilli ichimliklar sotuvi ko’paydi, ammo coca-cola iste’molchilarining faqat 12% i ushbu ta’mlarga ega bo’lgan ichimliklarni sotib olgan. Shu tufayli Karpenter odamlarga tanlov imkoniyatini taqdim etish kerakligini ilg’adi.

Kompaniya eksperiment o’tkazish va yangi ta’mli ichimlik ishlab chiqishga qaror qildi. Buning uchun Coca-Cola malina, limon va zanjabil kabi bir nechta ta’mlarni sinovdan o’tkazdi. Biroq, fokus-guruh ishtirokchilari apelsin va vanilning kombinatsiyasini afzal ko’rdilar.

“Biz insonlarga betashvish yoz kunlarining ijobiy xotiralarini qaytarib berishni xohladik. Shuning uchun mevali muzqaymoqni yodga soluvchi apelsin-vanil ta’miga to’xtaldik”, — deydi kompaniya direktori.

1985-yilda kompaniya olcha va 2007 yilda vanil ta’mli kola ishlab chiqargan.

Kompaniya ichimlik qaysi mamalakatlarda sotilishiga aniqlik kiritmagan. Coca-Cola Rossiya bo’linmasi vakilining so’zlariga ko’ra, kompaniya Rossiyada yangi ta’mni yo’lga qo’yish yoki qo’ymaslik to’g’risida hali qaror qilmagan va hozirda mahalliy iste’molchilar uchun potentsiali baholanmoqda.