Xalq ta’limi vazirligi xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklik (DXSH) loyihalarida ishtirok etish uchun tanlov e’lon qildi.

Unga ko’ra, Olmazor tumani, G‘alaba ko‘chasi, 3-a manzilida joylashgan 185-son maktabning bo‘sh yer maydonida (3700 kv.m) (keyingi o‘rinlarda — DXSH obyekt) nodavlat umumta’lim muassasasi joriy etish rejalashtirilmoqda.

DXSH obyektining belgilangan hududi tanlov g‘olibiga 30 yilga uzoq muddatga beg‘araz foydalanishga quyida ko‘rsatilgan shartlar asosida beriladi:

  • davlat sherigi bilan kelishilgan loyiha hujjatlari asosida DXSH obyektida yuqori sinf o‘quvchilariga boshlang‘ich kasb hunar tayyorgarligini ta’minlashga moslashgan maxsus bino qismini inobatga olgan holda, bino va inshootlar qurish, shuningdek moddiy-texnik bazasini zamonaviy standartlarga mos ravishda tashkil etish;
  • bitim amal qilish muddati davomida DXSH obyektini asosiy faoliyat turini o‘zgartirmagan holda foydalanish;
  • DXSH obyektida bino va inshootlarni texnik va yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiqlashtirilgan holda qurish hamda bitim amal qilish muddati davomida ushbu qoidalar asosida rekonstruksiya va ekspluatatsiya qilish;
  • uzoq muddatga DXSH obyektini rivojlantirish rejasini davlat sherigiga taqdim etish;
  • nodavlat umumta’lim muassasasida boshlang‘ich kasb hunar tayyorgarlik yo‘nalishi bo‘yicha tegishli mikrohududdan kamida 7 maktab bolalarini bitim muddati tugagunga qadar beg‘araz ravishda ta’lim olishini ta’minlash.

Tanlovda ishtirok etishni istagan tadbirkorlar va investorlar o‘z takliflarini 2019 yil 14 martga qadar havola orqali yuborishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.