Samsung yanvar oyi oxirida Galaxy M10 va Galaxy M20 smartfonlarini taqdim etgan edi, endi esa ushbu lineykaga oid yana bir qurilma — Galaxy M30'ni taqdim etildi. Bu haqda “Samsung” ma’lumotlarida keltirilgan.
Smartfon, “yosh ukalari"dan farqli o’laroq, Galaxy A30 va Galaxy A50 kabi Infinity-U ekraniga ega bo’ldi. Ekran diagonali Super AMOLED matritsali (Full HD + (2280×1080p) 6,4 dyuymni tashkil etadi.
Qurilma sakkiz yadroli Exynos 7904 chipi bilan jihozlangan. U 14-nanometrli texnologiya asosida qurilgan va 1,8 GGs chastotali ikkita Cortex A73 yadrosi, hamda (1,6 GGs) oltita Cortex A53 yadrolarini o’z ichida jamlagan.
Qurilma 16 megapikselli old kamera va uchta asosiy kameraga ega: birinchi asosiy modul 13 MP (f / 1.9), ikkinchisining sensor chuqurligi 5 MP va uchinchisi 5 MP — ko‘rish burchagi 123 darajali keng burchakli obyektiv.
Galaxy M30 ikki versiyada sotiladi: 4/64 Gb va 6/128 Gb. 512 Gbaytgacha microSD xotira kartasi uchun “uya” ham mavjud. Qurilma, shuningdek, USB-C porti, NFC, barmoq izlari skaneri, quloqchinlar uchun joy, Bluetooth 5,0 va 5000 mAh batareyaga ega. Smartfon ikki rangda mavjud: gradient tusli qora va moviy.
Smartfon 7 mart kuni Hindistonda sotuvga chiqariladi, narxi $ 210. Boshqa mamlakatlar bozoriga qachon chiqarilishi hozircha noma’lum.