Samsung Galaxy M deb ataladigan yangi smartfonlar seriyasini ishlab chiqmoqda. U bir vaqtning o’zida Galaxy J, Galaxy On va Galaxy C smartfonlarini almashtiradi. M seriyali qurilmalar haqidagi ilk tafsilotlar ma’lum bo’ldi. Bu haqda “Sammobile” xabar berdi.

M seriyasining birinchilari SM-M205 °F va SM-M305 °F raqamlari ostida o’tadi. Ehtimol, ular Galaxy M20 va Galaxy M30 nomlarini olishadi. Samsung smartfonlarni 2 xonali raqam bilan chiqarmoqda. Galaxy, A va Galaxy M ham yangi raqamlashga o’tishi kerak.

Galaxy M20 va Galaxy M30 ancha katta xotiraga ega bo’ladi: 32 va 64 Gb kichik versiya va 64 va 128 Gb kata versiya uchun. Bundan tashqari, qurilmalarda ikkita SIM-karta joy bo’ladi, biroq ayrim mamlakatlarga smartfonlarning bitta simkartalik versiyasi chiqariladi.