Innovsion rivojlanish vazirligi mas’ul xodimlari Uzcard kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalarni muhokama qildilar. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, avtomobil trancportining xavfsizligini ta’minlovchi innovatsion usullarni joriy etish bo‘yicha loyiha taqdim etildi.

Mazkur loyihaga ko‘ra, benzinda yuruvchi va gaz ballonli transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobini yuritish yagona elektron tizimini (blokcheyn texnologiyasini qo‘llagan holda) yaratish nazarda tutilgan.

O‘z navbatida Uzcard kompaniyasi vakillari taklif etilgan loyihaga texnik topshiriq tuzishga talab qo‘yadigan asosiy buyurtmachini aniqlangan taqdirda dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Shuningdek, uchrashuvda tez sur’atlarda rivojlanib borayotgan elektromobil sohasi uchun yo‘l-transport infratuzilmasini takomillashtirish, samarali ekotizimni yaratish va uni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muhokamalar yakuniga ko‘ra mazkur yo‘nalishda ham hamkorlik haqida kelishdilar.