MTS uyali aloqa operatori qimmatli qog’ozlar va birja komissiyasi (SEC) va AQSh Adliya vazirligi bilan kompaniyaning O’zbekiston bozoriga kirishi jarayonida korrupsiya da’vosini hal qilish bo’yicha kelishuvga erishdi, deya xabar beradi “РБК”.

AQSh hukumati bilan tuzilgan bitimga ko’ra, kompaniya 850 million $ jarimaga tortiladi. Uchinchi chorak natijalariga ko’ra, operator o’tgan yili tegishli miqdorni saqlab qolgan.

“Kompaniyaning kelishuvni imzolashi mantiqiy qadam bo’lib, u MTSga klassik telekommunikatsiya operatorligidan zamonaviy raqamli yechimlar integratori modeliga o’tish strategiyasini amalga oshirishga to’liq e’tibor qaratish imkonini beradi”, — deyiladi uyali aloqa operatori xabarida, deb yozadi “РБК”.

Kompaniya prezidenti Aleksey Kornyaning aytishicha, MTS guruhi rejalashtirilgan kapital xarajatlar doirasida biznesni rivojlantirishga sarmoya kiritishni davom ettiradi.

MTS O’zbekistonda 2004−2012 yillarda faoliyat olib bordi, keyin esa biznesni to’xtatdi.

2014-yilda MTS O’zbekistonga qaytib keldi, buning uchun kompaniya O’zbekiston radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi bilan hamkorlikda qo’shma korxona tashkil etishiga to’g’ri keldi. Operator 2016 yili qo’shma korxonadagi ulushini 1 $ evaziga O’zbekiston hukumatiga sotdi.