O‘zbekiston hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatini tasdiqlash haqidagi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish taklif qilinmoqda.

Hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Unga ko’ra, O‘zbekiston hududiga olib kirishda bojxona boji va QQSdan ozod qilinadigan quyidagi texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar ro’yxati qisqartiriladi:

  • purkovchi yoki sochuvchi mashinalar va shunga o‘xshash otuvchi moslamalar;
  • suyuqlik yoki kukunni tarqatish, otish, mayda zarrachalarga aylantirish uchun mexanik moslamalar;
  • yuk ko‘taradigan talilar va ko‘targichla, lebedkalar va kabestanlar; domkratlar;
  • qishloq xo‘jaligi ekinlarini yig‘ish yoki yanchish uchun mashinalar va mexanizmlar, shu jumladan, press-yig‘uvchilar;
  • vinochilik, sidr, meva sharbatlari yoki shunga o‘xshash ichimliklarni ishlab chiqarish uchun presslar, maydalagichlar va shu kabi mashinalar;
  • qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik, o‘rmon xo‘jaligi, parrandachilik yoki asalarichilik uchun boshqa jihozlar;
  • muqovalash uchun jihozlar, shu jumladan, kitob bloklarini tikish uchun jihozlar;
  • bosma bloklarni tayyorlash yoki yasash uchun shrift qo‘yish yoki shrift terish mashinalari, apparatura va jihozlar;
  • bosma mashinalar, bosib chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan qo‘shimcha mashinalar;
  • tamaki tayyorlash va yasash uchun uskunalar;
  • televizion kameralar, raqamli kameralar va yozuvchi videokameralar;
  • Nome Gateway uskunalari; DSLAM uskunalari; ADSL modemlari;
  • temir yo‘l yoki tramvay yo‘llari uchun kabi jihozlar.