Yashirin sexlar faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo’mitasi matbuot xizmati.

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi MCHJlarning biri o‘z tarkibida noqonuniy sex tashkil qilgani fosh etildi.

Yashirin sexda sifati kafolatlanmagan alyuminlardan qozonlar yasalishi yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi. MCHJning vakili fuqaro T.B. tomonidan sexda to‘plangan 53,2 million so‘mlik 13 tonna alyumin ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek tadbir davomida poytaxtimizdagi yana bir tarkibida tashkil qilingan noqonuniy sex faoliyati fosh etildi. Unda MCHJ direktori fuqaro N.R. boshchiligida to‘plangan umumiy qiymati 10 million so‘mlik 2,5 tonna metall parchalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Olingan metall parchalari “O‘zikkilamchiranglimetall” aksiyadorlik jamiyatiga topshirilib, holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.