Inson resurslarini tadqiq etish sohasida dunyodagi eng yirik konsalting tashkilot Mercer yashash uchun eng qulay shaharlar ro’yxatini e’lon qildi.

Kompaniya 231 ta shaharni transport, xavfsizlik, ekologiya, ta’lim va ish sharoitlari kabi ko’rsatkichlar bo’yicha baholadi.

Avstriya poytaxti Vena birinchi o’rinni egalladi. Ikkinchi o’rinni Shvetsariyaning yirik Syurix shahri egalladi.

Uchinchi o’rinda Vankuver (Kanada), Myunxen (Germniya) va Oklend (Yangi Zelandiya) joylashdi.

Birinchi o’ntalikka Dyusseldorf va Frankfurt (Germaniya), Kopengagen (Daniya), Jeneva va Bazel (Shvetsariya) kirdi.

Toshkent 203-o'rinni egalladi. Markaziy Osiyo bo’yicha eng yaxshi o’ringa — Olmaota (177), MDH bo’yicha esa — Moskva (167) ega bo’ldi.

Reytingni Sanu (Yaman), Bangi (MAR) va Bag’dod (Iroq) tugalladi.