Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmining oshishiga to‘sqinlik qilayotgan omillar aniqlandi. Bu haqda Markaziy bank iqtisodiyotning real sektori bo‘yicha o’tkazilgan so‘rovlar natijalarida keltirilgan.

So’rovda oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari sanoati, tibbiy xizmat, turizm, transport, qurilish ishlari sohalari, kimyo sanoati, neft-gaz sanoati hamda elektroenergetika, donni qayta ishlash, tog‘-kon sanoati, avtomobil sanoati, farmatsevtika va kabel mahsulotlari tarmoqlarida faoliyat yuritadigan jami 433 ta korxona va tashkilotlar ishtirok etdi.

Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmining oshishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omil — energiya manbalari narxlarining yuqoriligi bo‘lib, bunda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmining oshishiga to‘sqinlik qilayotgan omil sifatida energiya manbalari narxlarining yuqoriligini ma’lum qilgan respondentlarning ulushi 21%dan 27%gacha oshgan.

So‘rov natijalari 2018 yilning 4 choragida o‘z mahsulotlari (ishlar, xizmatlar) narxlarini oshirgan korxona va tashkilotlar ulushi 54%dan 58%gacha ko‘payganligini ko‘rsatdi. Bunda, respondent korxona va tashkilotlar tomonidan narxlar o‘sishining asosiy sababi sifatida elektr energiyasi, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘i mahsulotlari narxlarining oshishi ma’lum qilingan.

Shuningdek, xom-ashyo materiallari narxlarining yuqoriligi, bozordagi nosog‘lom raqobat muhiti va sharoitlar, korxona mahsulotlariga (ish, xizmatlariga) bo‘lgan talabning yetarli darajada emasligi ayni vaqtda ishlab chiqarishni oshirishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillardan bo‘lib qolmoqda:


Tarmoqlar kesimida esa energiya manbalari narxlarining yuqoriligi yengil sanoatda respondentlarning 36 foizida, donni qayta ishlash sanoatida 33%ida, kimyo sanoatida 31%ida, qurilish materiallari sanoatida respondentlarning 29%ida, oziq-ovqat sanoatida 25%ida, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 27%ida, xom-ashyo narxlarining yuqoriligi esa neft-gaz sanoatida respodentlarning 56%ida, oziq-ovqat sanoatida 45%ida, yengil sanoatda 48%ida hamda qurilish ishlari sohasida 35%ida ishlab chiqarish hajmining oshishiga to‘sqinlik qilayotgan omil sifatida qayd etilgan.