Toshkent moliya institutida Malayziyaning Binary University of Management & Entrepreneurship bilan hamkorlikda “Binary Graduate School” qo‘shma fakulteti tashkil etildi, xabar beradi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.
Mazkur qo‘shma fakultetda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Master of Business administration (MBA), MSc in Accounting & Finance (by research), MSc in Information Technology Management kabi ta’lim mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlanadi.
O‘qishga qabul magistrantlarga 1+1 dasturi asosida yoki dastur davomida istalgan bir semestrda Malayziyada tahsil olish imkoniyati yaratiladi.
Qo‘shma fakultet bitiruvchilariga ikki tomonlama diplom berish amaliyoti joriy etiladi.
1984-yilda tashkil etilgan Binary University Malayziyadagi boshqaruv, axborot texnologiyalari va tadbirkorlik sohasidagi eng obro’li universitetlardan biri hisoblanadi.O'quv dargohi Malayziyaning Selangor shahrida joylashgan va quyidagi maktablarni o’z ichiga oladi: biznesni boshqarish, texnologiya boshqaruvi, fond, biznesni, buxgalteriya va moliyani rivojlantirish. Shuningdek, tadbirkorlik, axborot texnologiyalari menejmenti va amaliy moliya sohasida magistr va PhD darajalarini taklif etadi.