29-mart kuni bo’lib o’tgan matbuot anjumanida “Yandeks” O’zbekistonda Tas-IX zonasini ixtisoslashtiruvchi qidiruvni ishga tushirganini ma’lum qildi, deya xabar beradi “Spot” muxbiri.

Endilikda mamlakat aholisi ma’lumotlar, videolar va suratlarni butun internet bo’ylab qidirganlaridek faqat Tas-IX zonasi saytlarida ham qidirishlari mumkin.

Qidiruv tizimida maxsus ilova va bu qidiriladigan saytlarda tegishli belgilar paydo bo’ldi:

Sayt provayderlarining tarmoqlari — Tas-IX qatnashchilari doirasida joylashgan bo’lsa bu belgini oladi. O’zbekistondagi ko’pgina provayderlar bunday saytlarga bepul yoki arzon narxlarda kirish imkonini beradi. Kompaniyada ta’kidlashicha, 2500 dan ortiq saytlar joylashtirilgan:

“Yandeks” ning ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonda servisning qidiruv ulushi 22% ni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun, Qozog’istonda 20%.

Yandex.uz 2016 yilda o’z faoliyatini boshladi. 2019 yil fevral oyi holatiga ko’ra, kunlik so’rovlar soni 1 350 000 tashkil etdi, oktyabrda yandex.uz qayta ishga tushirildi.

Kompaniya so’nggi bir necha oy davomida O’zbekistondagi o’n minglab tashkilotlar haqida ma’lumot kiritdi, ular ham qidiruvda mavjud. Kompaniya manzili, ish rejimi va rasmiy veb-saytidan tashqari mulohazalarni o’qish mumkin. Buning uchun alohida saytlarga o’tish talab etilmaydi, barcha ma’lumotlar qidiruv natijalarida paydo bo’ladi.