2019 yil fevralda jahon moliya bozorlarida O‘zbekistonning 1 milliard $ miqdoridagi 5 va 10 yillik suveren xalqaro obligatsiyalari joylashtirilgan edi.
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining ilk suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lardan samarali foydalanish to‘g‘risidagi” qarori bilan mablag‘lar tegishli foizlar bilan qaytarish shartlarida qaysi sohalarga yo’naltirilishi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Ular quyidagilar:
- 889,2 mln $ auksion orqali tijorat banklarining depozitlariga joylashtiriladi;
- 20 mln $ “Agrobank” ATBga qarz sifatida beriladi;
- 89,9 mln $ “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga ssuda sifatida beriladi.
O‘zbekiston avvaliga obligatsiyalar daromadliligini 5,3 -6% miqdorida belgilagan edi, ammo talabning yuqoriligi sababli foiz stavkalari qayta ko‘rib chiqilib, ularni 4,75% va 5,3% gacha tushirildi. Endilikda xalqaro bozor O’zbekistonni yevroobligatsiyalari bo’yicha baholaydi.