14 fevral kuni O’zbekiston tarixda ilk marotaba 1 milliard $ lik yevroobligatsiyalarni joylashtirdi.

Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) vakillari, qimmatli qog’ozlarning xalqaro bozorlarga mamlakatdagi islohotlarni baholash va ularga javob berishga imkon beradigan ajoyib vosita bo’lishiga ishonadilar.

IFC’ning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Zafar Hoshimov so’zlariga ko’ra, endilikda obligatsiyalar bozorda erkin sotilmoqda. Bundan buyon nafaqat Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi hukumat qarorlari haqida mulohaza bildiradi:

“Agar mamlakat rahbariyati noto’g’ri qaror chiqargan bo’lsa, bozor darhol salbiy munosabat bildiradi. Menimcha, bu hukumatni makroiqtisodiy masalalarni tartibga solishida yanada yaxshi imkon yaratadi”, — dedi Zafar Hoshimov.

Obligatsiyalar mamlakatda islohotlar o’tkazishda hukumatning to’g’ri yo’nalishda harakat qilayotganligi haqida ma’lumot olish uchun vosita bo’lib qoladi, deya ta’kidladi IFC vakili Rolf Berndt 18 fevral kuni O’zbekistonning xususiy sektorini diagnostika qilish bo’yicha o’tkazilgan taqdimotda.

Indorama Group direktori Prakash Kejrival qayd etishicha, obligatsiya masalasining yana bir afzalligi mamlakatga suveren reyting berilganligi bo’ldi.

Uning so’zlariga ko’ra, endi xususiy sektorga sarmoya bozorlaridan foydalanish osonroq bo’ldi. Bu korxonalar uchun yangi o’sish imkoniyatlarini beradi.

Ilgari Spot O’zbekiston AQSh g’aznachiligining qimmatli qog’ozlarini sotib olishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.