O‘zbekiston MDH davlatlari orasida simli internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi, deya xabar berdi Raqamli texnologiyalar vazirligi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston avgust oyida Speedtest Global Index reytingida ham mobil, ham simli internet tezligi bo‘yicha uch pog‘onaga yuqoriladi.

Mobil internet bo‘yicha mamlakatda yuklab olish tezligi 62,42 Mbit/s dan 65,27 Mbit/s gacha oshdi. Natijada O‘zbekiston 75-o‘rindan 72-o‘ringa ko‘tarildi.

Raqamli texnologiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha besh yilda 65 pog‘onaga yuqoriladi.

Simli internet bo‘yicha yuklab olish tezligi ham bir oy ichida 94,23 Mbit/s dan 94,50 Mbit/s gacha oshdi. O‘zbekistonning reytingdagi o‘rni 76-o‘rindan 73-o‘ringa ko‘tarildi.

internet, internet tezligi, mobil internet, simli internet

MDH davlatlari orasida O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha yuqori natija qayd etib, birinchi o‘rinda bormoqda.

Shuningdek, 2026-yil boshidan buyon mobil internetning yuklab olish tezligi sakkiz oy davomida 27% ga oshib, 51,42 Mbit/s dan 65,27 Mbit/s gacha yetdi.


Avvalroq Spot Amazon Leo interneti O‘zbekistonda ishga tushirilishi haqida yozgandi.

Amazon Leo va UZ-SAT o‘rtasidagi kelishuv chekka hududlarda ham internetga ulanish imkonini beradi.