Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun narxlar oshiriladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarori e’lon qilindi.
Bu bo‘yicha 16-sentabr kuni qabul qilingan xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarori bilan yangi tariflar tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 3-oktabrdan boshlab viloyatda ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar uchun tariflar quyidagicha belgilanadi:
Bir metr kub ichimlik suvi narxi quyidagicha (QQSsiz):
- aholi uchun — 3100 so‘m (amalda — 2600 so‘m);
- budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun — 16 ming so‘m;
Oqova suvi narxi (QQSsiz):
- aholi uchun — 1500 so‘m (amaldagi narxi — 1300 so‘m);
- budjet tashkilotlari uchun va ulgurji iste’molchilar uchun — 4000 so‘m.
Viloyatda Toshkent viloyati suv ta’minoti, Chimgan-Chorbog‘ magistral suv ta’minoti suv yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatadi.
Avvalroq Spot Toshkentda sentabr-oktabr oylarida sovuq suv ta’minoti vaqtinchalik o‘chirilishi haqida yozgandi.
Ichimlik suvi 14-sentabr 22-oktabr kunlari rejali profilaktika-ta'mirlash ishlari o‘tkazilishi sababli ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga esa maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.
