Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik munosabati bilan 14-sentabrdan 21-oktabrgacha sovuq suv ta’minoti vaqtinchalik o‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar suv ta’minoti xabar berdi.
“Toshkent shahrida ichimlik suvi tarmoqlarida rejali profilaktika-ta'mirlash ishlari olib boriladi. Bu ishlar Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish loyihasi hamda 2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Shu sababli ayrim hududlarda ichimlik suvi bosimi pasayishi yoki suv vaqtincha bo‘lmasligi mumkin.
Sovuq suv ta’minoti o‘chirilish sanalari va manzillari bu yerda.
Toshkent shahar suv ta’minoti iste’molchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.
Qayd etilishicha, suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.
Ma’lumot uchun Markaziy dispetcherlik xizmatining +998712561095, +998712526008 telefon raqamlari yoki 1054 qisqa raqamlariga bog‘lanish mumkin.
Avvalroq Veolia Energy Tashkent Toshkent shahrida issiq suv sentabr va oktabr oylarida reja asosida vaqtincha o‘chirilishini e’lon qilgandi.
Issiqlik ta’minoti operatori ma’lumotiga ko‘ra, o‘chirish ishlari 14-sentabrdan 16-oktabrgacha bir necha bosqichda amalga oshiriladi.