Toshkent shahrida issiq suvni sentabr va oktabr oylarida reja asosida vaqtincha o‘chirish jadvali e’lon qilindi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

Issiqlik ta’minoti operatori ma’lumotiga ko‘ra, o‘chirish ishlari 14-sentabrdan 16-oktabrgacha bir necha bosqichda amalga oshiriladi.

“2026−2027-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Toshkentdagi issiqlik tarmoqlari va qozonxonalarda ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli sentabr va oktabr oylarida ayrim hududlarda issiq suv ta’minoti “, — deyiladi xabarda

Ta’mirlash ishlari Toshkent issiqlik markazining 1, 3, 4, 5, 6, 7 va 8-IMlari, Toshkent IESning ToshIEMi, shuningdek, Veolia Energy Tashkentning 2-IM, Sanoatenergo va Vodnik qozonxonalarida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Issiq suv ta’minoti o‘chirilish sanalari va manzillari bu yerda.

Toshkentdagi ayrim lokal qozonxonalarda ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli issiq suv ta’minotida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.

Ushbu lokal qozonxonalar bo‘yicha manzillar va o‘chirish sanalari bu yerda.


Avvalroq Spot Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida yozgandi.

7−11 sentabr kunlari profilaktika ishlari sabab Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur va Yashnobod tumanlarida issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi