Profilaktika ishlari sabab 7−11 sentabr kunlari Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent issiqlik ta’minoti operatori xabar berdi.

  • Mirzo Ulug‘bek tumani: 7−11 sentyabr kunlari “Uyg‘onish” MFY va TTZ-2 massivida joylashgan 29, 30, 31, 32, 37, 38a, 38b, 44 va 12-sonli uylar, shuningdek, 512- va 80-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida.
  • Shayxontohur tumani: 7−9 sentyabr kunlari “Samarqand darvoza” MFY, Uchlola ko‘chasidagi 1-sonli uyda.
  • Yashnobod tumani: 7−9 sentyabr kunlari “Movarounnahr” MFY, Nukus ko‘chasi-MKAD hududidagi 2, 2/1, 2/2, 4, 4/1, 6, 6/1, 6/2 va 8-sonli uylarda.

Ta’kidlanishicha, profilaktika ishlari issiqlik ta’minoti tizimini bo‘lajak isitish mavsumiga tayyorlash uchun amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Toshkentda isitish va issiq suv uchun oldindan to‘lov imtiyozi ikki oygacha qisqartirilgani haqida xabar berilgandi. Bungacha iste’molchilar oldindan to‘lov qilganda tariflar bir yil davomida saqlanib qolardi.

Iyul oyida O‘zbekistonda ijtimoiy normadan ortiq isitish uchun tarifni 5 barobar oshirish taklif qilingandi.

Tashabbus mualliflari imtiyozlarni faqat manzilli yordam tizimi orqali ehtiyojmandlar uchun saqlab qolishni ilgari surmoqda.