Dam olish kunlari ayrim banklar orqali valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

31-oktabr va 1-noyabr — shanba va yakshanba kunlari jami 22 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari xizmat ko‘rsatadi.

Ularning ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.

Ro‘yxatda quyidagi banklar mavjud:

Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.

Avvalroq Spot Markaziy bank to‘lov svitchi orqali so‘mdagi hisob-kitoblar tartibini tasdiqlagani haqida yozgan edi.