Islom taraqqiyoti banki bilan hamkorlikda OTMlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha yangi loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy ta’lim tizimida Islom taraqqiyot banki investitsiya mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan “Oliy ta’lim muassasalarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi ish faoliyatini boshladi.

Loyihaning umumiy qiymati 60,5 mln. $ miqdorida bo‘lib, bunda Islom taraqqiyot banki mablag‘lari 47,72 mln. $ va O‘zbekiston ulushi 12,81 mln. $ni tashkil qiladi.

Loyihaning asosiy maqsadi respublika miqyosida 50 ta OTMni zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlashdan iborat.

Islom taraqqiyot banki (ITB)1973-yil 18 dekabrda Islom Konferensiyasi Tashkilotining aʼzo davlatlar moliya vazirlari yigʻilishida tashkil etilgan va 1975-yil oktabr oyida oʻz faoliyatini boshlagan. Oʻzbekiston va ITB o’rtasida hamkorlik 1991 yil boshlangan. Shu yil ITB Buxoro shahridagi bir qator tarixiy obidalar rekonstruksiyasi uchun grantlar ajratgan.