O’zbekistonda jismoniy shaxslarning muammoli kreditlari hajmi ortib bormoqda. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

2019 yil I chorak yakuni bo‘yicha jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar hajmi 26,7 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 82%ga va joriy yil boshiga nisbatan 9%ga o‘sdi.

Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar tarkibida muammoli kreditlar 65 mlrd. so‘mni tashkil etib, joriy yilning o‘tgan davrida 38 mlrd. so‘mga yoki 1,4 martaga oshdi.

Qayd etilishicha, hisobot sanasiga jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarda muammoli kreditlar ulushi past darajada bo‘lib, ular 0,2%ni tashkil etdi: