Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, pullik ta’lim xizmatlari zarur moddiy-texnika bazasi va tegishli pedagog xodimlarga ega bo‘lgan maktablarda hamda maktablarda pullik ta’lim xizmatlari ko’rsatish maktablarning pullik ta’lim xizmatlari ko’rsatshni tashkil etish bo’yicha yillik rejasi asosida tashkil etiladi.

Pullik ta’lim xizmatlari shartnoma asosida ko‘rsatiladi. Pullik xizmatlar uchun to‘lov kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun umumiy narxning 50%i miqdorida belgilanadi.

Bitta guruhda mashg‘ulotlarda qatnashuvchilarning soni 35 nafardan oshishi mumkin emas.

Pullik xizmatlardan tushadigan mablag‘ning 50%idan kam bo‘lmagan qismi pedagog o‘qituvchilarga beriladi. Xizmatlar uchun haq banklar orqali to‘lanadi, to‘lovni maktabda amalga oshirish taqiqlanadi.