Toshkent shahar hokimining 2019 yil 2 apreldagi qaroriga binoan 24 apreldan Toshkent shahri bo‘yicha yangi tariflar amalda foydalanishga kiritildi. Bu haqda “Suvsoz” ma’lum qildi.

Tariflar quyidagicha belgilandi:

Xususiy uylarda:

  • Kanalizatsiyaga ulangan uyda 1 m3 suv narxi 715 so’m
  • Kanalizatsiyaga ulanmagan uyda 1 m3 suv narxi 380 so’m

Ko’p qavatli turar-joylarda:

  • Markazlashtirilgan issiq suv ta’minotiga ega uylarda 1 m3 uchun 1050 so’m
  • Markaziy issiq suv ta’minoti mavjud bo’lmagan uylarda 1 m3 uchun 715 so’m