Markaziy bank xorijiy valyutalarning so’mga nisbatan quyidagi qiymatlarini belgiladi:

  • Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 3 so’mga ko’tarilib, 8 448 so‘mni tashkil qildi.
  • Yevro esa 47 so’mga ko’tarilib, 9 462 so‘mni tashkil qildi.
  • Rossiya rubli 0,46 so’mga pasayib, 129 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yil mobaynida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni 2,3 marotabaga oshgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich yanvar oyida 2,2 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, yil yakuni bo‘yicha ularning soni 5,1 mingtaga yetdi.