“JV MAN Auto-Uzbekistan” kompaniyasi Afg‘onistonga birinchi eksportni amalga oshirdi. Bu haqda “O'zavtosanoat” matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, xaridlar bo‘yicha milliy idora Qobul hokimligiga MAN CLA avtosamosvali va MAN CLA suv tashuvchi avtotsisternalarni topshirdi va texnikalar to‘liq quvvat bilan muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.

Bugungi kunda “JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJ QK Qozog‘iston, Tojikiston, Gruziya, Ozarboyjon, Ukrainaga texnika eksport qilmoqda.

Kompaniyaning asosiy yo‘nalishi O‘zbekiston va qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlari uchun MAN tijoriy yuk mashinalarini ishlab chiqarish va sotishdan iborat.