DAR IT-kompaniyasi IT-startaplar uchun DAR Lab tanlovini e’lon qildi. Tanlov ikki yo’nalishda amalga oshiriladi: tijorat loyihalari (logistika, fintex, sug’urta, chakana savdo, elektron tijorat va farmakologiya) va ijtimoiy loyihalar (qishloq va shahar atrof-muhitini yaxshilash, sog’liq, ekologiya va atrof-muhit muhofazasini yaxshilash).

Mazkur musobaqa o’z loyihalarini ishlab chiqish va boshlash istagida bo’lgan Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekistonlik IT guruhlar, startaplar va talabalar uchun ochiq.

Bu IT-industriyasidagi mutaxassislar, yangi boshlovchilar uchun o’z innovatsion ishlanmalarini e’lon qilish va ekspert baholarini olish uchun muhim bir platformadir.

Eng yaxshi, eng istiqbolli IT loyihalar — tijoriy loyihalar uchun 4 mln tenge (10 ming $gacha) va ijtimoiy loyihalar uchun 10 mln tengegacha (25 ming $gacha) investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, Darlab.asia akseleratori bo’lish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Tanlovda qatnashish uchun saytdagi onlayn anketani to’ldirish va texnologik stek bo’yicha barcha sharoit va tavsiyalarni bajarish kerak.

Arizalar 29 mayga qadar qabul qilinadi. Tanlov komissiyasi arizalarni ko’rib chiqadi va qarorini 2-iyundan kechiktirmasdan xabardor qiladi.

Arizalar noodatiy va kreativ g’oya, texnologiya to’plami, innovatsiya, ijtimoiy ahamiyatlilik, jamoa to’liqligi, prototipning mavjudligi, code review kabi mezonlarga binoan tanlab olinadi.

Ariza tanlab olingandan so’ng, mutaxassislar guruhlari 2019 yil may oyining oxirida Darlab.asia doirasida o’qish uchun Olma-Otaga taklif etiladi. Eng yaxshi loyihalar sarmoyalarga ega bo’ladilar.

Batafsil ma’lumot bilan kompaniya saytida tanishish mumkin.