Prezidentning Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog’ida O‘zbekistondagi birinchi mobil kinoteatr loyihasi taqdimoti o‘tkazilgan edi.

Endilikda mazkur kinoteatr Termizda ishga tushirildi.

Ko‘chma kinoteatr MAN avtomobili negizida ishlab chiqilgan, isitish va ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan.

Tomoshabinlar filmlarni Dolby 5+1 tovush tizimi bilan 2D va 3D formatlarida tomosha qilishi mumkin. Mobil kinoteatr 30 daqiqa ichida ishga tushadi hamda 80 kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Loyiha “Cinema Servis” MCHJ tomonidan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.