Namangan viloyatidagi Mingbuloq neft konini o‘zlashtirish bo‘yicha investitsiya loyihasiga asosan sinov tariqasida birinchi neft qazib olindi. Bu haqda Energetika vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Ekspertlarning fikricha, Mingbuloq koni bir necha sabablarga ko‘ra murakkab loyiha sanaladi. Konni o‘zlashtirish: katta chuqurlik (6000 m va undan yuqori); yuqori rezervuar bosim (115 MPa dan ortiq) va rezervuar harorat (168 ° S dan ortiq) va kabi omillarga shular jumlasidandir.

Loyihani amalga oshiruvchi MCHJ shaklidagi “Mingbuloqneft” QK “O‘zbekneftgaz” AJ va Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi — “CNPC” tomonidan tashkil etilgan.

Loyiha O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida energetika sohasi bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilayotgan eng yirik loyihalardan biri bo‘lib, u “Bir makon — bir yo‘l” tarixiy strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.

CNPC dunyoda yetakchi pozitsiyaga ega bo’lgan xalqaro energetika kompaniyasidir. Kompaniya dunyoning 38 ta mamlakatida neft va gazni investitsiyalash loyihalarini amalga oshiradi.