Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalar narxlarini yangiladi:
- Oltin tanga narxi o’zgarishsiz qoldirildi — 13,5 million so’m.
- Kumush tanga narxi 3 ming so’mga tushirilib 250 ming so’mni tashkil etdi.
Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.
Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda.
Ilgari Spot xabar berganidek, bir hafta davomida qariyb 3 mingta kumushdan tayyorlangan esdalik tangalar sotilgan edi.